Feyk

Feyk: Ukraina askarlari Qur’onni yoqib yuborishdi

Tarqatilayotgan videolar feyk ekanligi “Ukraina askarlari”ning nutqi va ukraincha so‘zlarning noto‘g‘ri talaffuz qilinishidan dalolat beradi. Ukraina Qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi bu Ukraina armiyasini obro‘sizlantirishga qaratilgan navbatdagi urinish, shuningdek, aholisi islom diniga eʼtiqod qiluvchi mamlakatlarda Ukrainaga nisbatan salbiy munosabat uyg‘otishga urinish ekanligini taʼkidladi. Bundan tashqari, ushbu videoning maqsadi Rossiyada yashovchi musulmonlarni Ukrainaga qarshi qonli urushda ishtirok etish motivatsiyasini oshirishdir.

Kremlning bir qator manbalari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar Ukraina askarlari musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qurʼonga cho‘chqa yogini kesib tashlagani, shuningdek, Qurʼonni olovda yoqib yuborgani tasvirlangan videolarni faol ravishda tarqata boshladi.

Propaganda videoning sarlavhasida Ukraina Qurolli Kuchlari shu tariqa “dunyodagi barcha musulmonlar shaʼnini kamsitgani”ni eʼlon qiladi va “muqaddas kitobni haqorat qilgani uchun” javob berishga chaqiradi, ukrainaliklar esa “Satanistlar” deb ataladi. Bundan tashqari, baʼzi nashrlar ushbu videoni Daniyada, Kopengagenda Qurʼon uch marta yoqib yuborilgan voqea bilan bog‘laydi, bu go‘yo G‘arb va Ukrainaning Islom va musulmonlarga nisbatan haqiqiy munosabatini ko‘rsatadi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.