Feyk: Prezident Bayden kongressmenlar bilan yopiq uchrashuvda “Putinning yengilmasligini” tan oldi
Prezident Baydenning ovozi deya ishonilgan audio Amerika prezidentining ovoziga emas. Unda qoʻpol fonetik xatolarga yoʻl qoʻyilgan.
2023-yilning fevral va mart oylarida Rossiya ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar va Telegram kanallaridagi targʻibot guruhlari AQSh prezidenti Jozef Bayden va AQSh kongressmenlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yopiq uchrashuvdan goʻyo “sizib chiqqan” audioyozuvni tarqatishdi. Aytilishicha, bu uchrashuvda Oq Uy rahbari Putinni magʻlub etishning iloji yoʻqligi haqida shov-shuvli “iqror” qilgan va uning vatanparvarligi haqida gapirgan.
Rossiyaning Public News Service internet-nashrining taʼkidlashicha, Baydenning bayonoti goʻyoki 2022-yil yozida qilingan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu maʼlumotni faol baham koʻrishdi va audio yozuv goʻyoki Amerika rasmiylarining Rossiya prezidentiga nisbatan haqiqiy munosabatidan dalolat berishini taʼkidladilar.
“Tarmoqqa qiziqarli audio yozuv sizdirildi. Yozda kongressmenlar bilan yopiq uchrashuvda Bayden Putinga nisbatan haqiqiy munosabatini bildirdi: “Men u haqida notoʻgʻri gapirgan edim, u haqiqatan ham oʻz mamlakatining vatanparvari, uni pul qiziqtirmaydi, unga faqat kuchli Rossiya kerak, biz uni magʻlub eta olmaymiz. Ommaga keksa Bayden butunlay boshqacha gaplarni aytadi…”, deb yozadi Facebook ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilaridan biri.
Targʻibotchilar isbot sifatida “tarmoqqa sizib chiqqan AQSh prezidenti va amerikalik kongressmenlar oʻrtasidagi suhbat yozuvi” deb atagan audioga ishora qilmoqda. Feyk maʼlumotga Amerika maʼmuriyati rahbarining ovoziga biroz oʻxshash erkak ovozi yangragan 15 soniyali fayl ilova qilingan.
Biroq ommaviy axborot vositalari keltirgan audioyozuv prezident Jozef Baydenning ovoziga oʻxshamaydi. StopFake bir nechta amerikaliklarni audioni tinglashga taklif qildi va ularning barchasi “ovoz” ingliz tili ona tilisi boʻlmagan insonga tegishli ekanligini aytishdi.
Bu baʼzi soʻzlarning, xususan, vatanparvar soʻzining notoʻgʻri talaffuzidan dalolat beradi. Audioda u “patriot”, deya talaffuz qilinadi. Amerikaliklar buni “PEYtriot” deb talaffuz qilishadi. Shuningdek, absolutely soʻzi ham Amerika talaffuzining fonetik meʼyorlariga mutlaqo javob bermaydi. Yozuvda “l” tovushi yumshoq eshitiladi.
