Feyk: Jahongir Ortiqxoʻjayev bosh vazirga maslahatchi etib tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev yuqori lavozimga tayinlangani boʻyicha xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, u bosh vazir Abdulla Aripovga maslahatchi etib tayinlangan.
Biroq bosh vazir Abdulla Aripovning matbuot kotibi Bekzod Shukurov mazkur xabarning haqiqatga mos kelmasligini maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, Ortiqxoʻjayev shu yilning yanvar oyida anomal sovuqqa tayyorgarlik koʻrilmagani sabab prezident tanqidiga uchrab, Toshkent shahar hokimligidan olingandi.
