Feyk

Feyk: Nemislar “Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi chiqdi”

Nemislar haqiqatan ham Ukrainaning NATOga aʼzoligiga qarshi ekanliklari haqida ishonchli dalillar yo‘q. Rossiya Ommaviy axborot vositalaridagi materiallar Germaniyaning Die Welt veb-saytidagi maqolalardan biri ostida tasodifiy tanlangan bir nechta sharhlarga asoslanadi. Shu bilan birga, maqola ostida turli mazmundagi 800 dan ortiq sharhlar eʼlon qilingan, biroq Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘zlarining targ‘ibotlari uchun maqbul nuqtai nazarni tasvirlash uchun ulardan faqat bir nechtasini tanladilar. Rossiya OAVlari keltirgan “sharhlar”ning haqiqiyligini tekshirish ham imkonsiz.

Ijtimoiy tarmoqlar va Rossiya saytlarida nemislar Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi chiqqani haqida ma‘lumotlar tarqalmoqda. Rossiya matbuotining yozishicha, nemislar “Zelenskiy NATOni uchinchi jahon urushiga olib boradi”, deb qo‘rqishgan.

“Die Welt o‘quvchilari Merkel maslahatchisi Xoysgenga Ukrainani NATOga qabul qilishni talab qilgani uchun tanbeh berishdi. (…) Ko‘pchilik sharhlovchilar Kiyev rejimining alyansga kirishi butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib kelishini tushunishdi”, — deb yozadi Rossiyaning “RIA Novosti” sayti.

0016

Aslida, hozirgi sotsiologik so‘rovda nemislarning Ukrainaning NATOga kirishi haqida aniq fikrda ekanligi haqida ishonchli maʼlumotlar yo‘q. Rossiya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar Die Velt gazetasida chop etilgan “Ukrainaning NATOga aʼzoligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak” sarlavhali maqola ostida tasodifiy tanlangan bir nechta sharhlarga asoslanadi. Shu bilan birga, maqola ostida turli mazmundagi 800 dan ortiq sharhlar eʼlon qilingan, biroq rus ommaviy axborot vositalari rus propagandasi uchun maqbul nuqtai nazarni ko‘rsatish uchun ulardan faqat bir nechtasini keltiradi.

Bundan tashqari, Die Welt materiali ostidagi taxalluslar ortida kim yashiringanligini aniqlashning iloji yo‘q, chunki maqola ostida nafaqat germaniyalik o‘quvchilar sharh yozishlari mumkin, balki sharh hamma uchun ochiq. Internetda ko‘plab feyk foydalanuvchilarning maxsus yaratilgan profillari mavjud bo‘lib, ularning asosiy vazifasi turli tillarda rus tashviqoti hikoyalarini tarqatishdir. Shuning uchun Rossiya veb-saytlarida ko‘plab maqolalar aynan xorijliklarning bunday “sharhlari” ga asoslanadi va bu mamlakatning barcha fuqarolarining nuqtai nazari va ko‘pincha davlatning rasmiy pozitsiyasi sifatida taqdim etiladi.

0017

Germaniyaning Die Velt saytidagi materialga kelsak, unda Ukrainaga qurol yetkazib berish va bu mamlakat uchun xavfsizlik kafolatlari masalasida turlicha qarashlar keltirilgan.

Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisi Kristof Xoysgen Ukrainani NATOga qabul qilish tarafdori. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukrainaning kelajakda NATOga aʼzo bo‘lishi haqida o‘ylash kerak. “Hatto Genri Kissinjer kabi realist siyosatchi ham bu uzoq muddatda Yevropada tinchlikni saqlash uchun zarur, degan fikrda. Yil boshida Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida Kissinjer Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lishini “urushning munosib natijasi” deb atadi, garchi u ilgari bunday harakatga qarshi bo‘lgan bo‘lsa ham”, dedi Xoysgen.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.