Feyk: G‘arb va JSST Moldovani Rossiya bilan «urushga tayyorlamoqda»
G‘arb davlatlari Moldovani Rossiya bilan urushga tayyorlamayapti – bu Kremlga yaqin bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining nazariyasi. JSSTning Moldova shifokorlari uchun treningi Ukrainadan olib kelinadigan yaradorlarga yordam ko‘rsatishga tayyorlash maqsadida tashkil qilingan edi.
Rossiyaning baʼzi OAV Moldova shifokorlari uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘quv dasturining boshlanishiga «Moldova Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda», deya sarlavhalar bilan munosabat bildirdi.
“Bu klinik va boshqaruv xodimlarini ommaviy halokat sharoitida ishlashga tayyorlash dasturining faqat bir qismidir… Aynan shu treninglar 2022 yilda ukrainalik shifokorlar bilan oʻtkazilgan… Hozir Moldovada shifokorlarni xalqaro tashkilot tomonidan faol o‘qiyotgani shundan dalolat beradi. G‘arb bu respublikani urushga tayyorlamoqda”, – deb yozadi Rossiyadagi Bloknot.ru nashri.

Rossiyaga qarshi «kollektiv G‘arbning tajovuzkorligi» haqidagi rivoyat Kreml tomonidan demokratik dunyoga qarshi tajovuzkor siyosatini oqlash uchun ishlatiladigan eng keng tarqalgan tezislardan biridir.
16 yanvar kuni Kishinyovda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Britaniyaning Devid Not fondi homiyligida Moldovadan kelgan jarrohlar uchun trening bo‘lib o‘tdi. 30 nafar shifokor noqulay sharoitlarda travma jarrohlik bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi – bunda fitna nazariyasi yo‘q, bu tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun zarur bo‘lgan standart treningdir. Bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlari nafaqat jangovar harakatlar paytida jabrlanganlarga, balki tabiiy ofatlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ofatlar oqibatida jarohatlanganlarga ham yordam ko‘rsatishdan iborat edi.
