Feyk

Feyk: Xakerlar IIBB YHXB saytidan 27 mingta jarimani qo‘lga kiritib, mingtadan ortig‘ini o‘chirib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri IIBB YHXB sayti buzilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

image

Ta’kidlanishicha, mazkur ma’lumot haqiqatga mos kelmaydi. Hozirgi kunda Toshkent shahri IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018 yilda ushbu saytni yuritish uchun test rejimida platforma ishlab chiqilgan, lekin o‘rnatilgan talablarga, shu jumladan, xavfsizlik normalariga javob bermagani uchun sayt faoliyati to‘xtatilgan.

Rasmiy munosabatda platforma qachondan ishlamayotgani haqida ma’lumot berilmagan. Archive.org saytida http://yhxb.iibb.uz/ manzilida joylashgan platforma ohirgi marta 2022 yilning 4 noyabr sanasida arxivlangan.

Ichki ishlar vazirligi barcha rasmiy resurslarining xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz, — deyiladi bayonotda.

Tarqalgan xabarlarda xakerlar jamoasi shahar IIBB YHXB saytiga hujum uyushtirgani, ma’lumotlar bazasiga kirishning uddasidan chiqib, 60 mingta jarima ma’lumotidan 27 mingtasini qo‘lga kiritgani va mingtadan ortiq jarimani o‘chirib yuborgani aytilgandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.