Feyk

Feyk: “Cotton Campaign” Ukraina va Rossiya mojarosi fonida Oʻzbekiston paxtasi boykotini bekor qildi

Cotton Campaign koalitsiyasi Oʻzbekiston paxtasiga boykotni bekor qildi. Mazkur qaror 2021-yilda mamlakatda paxta yigʻim terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmagani munosabati bilan qabul qilindi. Ilk bor oʻzbek paxtasiga 2009-yilda boykot eʼlon qilingandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu qarorni koalitsiyaning aynan Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi mojarolari vaqtida favqulodda qabul qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi boykot olib tashlangani haqidagi postlarga berilgan izohlarda asosan MDHning ikki davlati oʻrtasidagi mojaro sabab qilib keltirilgan. Izohlardan birida shunday deyiladi: “Asl sabab bosqinchidan oldin ot chopqillash. Boʻlmasa, hali beri boykot olib tashlanmas edi”.

Factchecking.uz AQShning Oʻzbekistondagi elchisi oʻrinbosari (Deputy Chief of Mission) Paul Polatesdan ham izoh soʻradi. Elchi oʻrinbosari ushbu qarorning bu mojaroga umuman aloqasi yoʻqligini va koalitsiya ushbu qarori haqida avvalroq maʼlum qilganini aytdi.

Mazkur qaror “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbek forumi” tomonidan 2021-yilda paxta terimida oʻtkazilgan mustaqil monitoring natijalariga asosan qabul qilingan. Hisobotda hukumat tomonidan tashkil qilinadigan majburiy mehnat holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

Ilk bor oʻzbek paxtasiga 2009-yilda boykot eʼlon qilingandi.

Oʻzbekistonlik fuqarolik jamiyati faollarining 2009-yildagi oʻzbek paxtasini boykot qilishga chaqirgan petitsiyasiga javoban kompaniyalar shaxsiy majburiyatlarni qabul qila boshladilar va Cotton Campaign oʻzbek paxtasiga boykot eʼlon qilgan. Oʻshandan beri 331 ta brend va riteyler kompaniyalari, jumladan, C&A, Gap Inc., H&M, Levi Strauss & Co., Tesco va Walmart kabi dunyoning koʻplab yirik brendlari oʻzbek paxtasiga nisbatan boykotga amal qilish majburiyatini oldi.

 

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.