Feyk

Internetda Vladimir Putinning “Ukraina-Rossiya uchrashuvi natijalari” boʻyicha feyk bayonoti tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Vladimir Putinning Belarusdagi Ukraina-Rossiya uchrashuvi yakunida soʻzlayotgani tasvirlangan video tarqalmoqda. Nutq mazmunini shov-shuvli deb atash mumkin. Biroq video montaj va deepfake texnologiyalari yordamida yaratilgan va haqiqatga mos kelmaydi. Telegraf.by videoning kelib chiqishiga eʼtibor qaratdi.

“Ukraina tomoni bilan muzokaralar endigina yakunlandi. Va ular Rossiya tomoni uchun mutlaqo muvaffaqiyatli yakunlandi. Men sizga qisqacha maʼlumot beraman. Shunday qilib, biz Ukraina bilan tinchlikka erishdik. Ham Ukrainaning xalqaro tan olingan chegarasi bilan, ham Donesk va Lugansk viloyatlari bilan. Biz Ukrainaning ushbu hududlarida infratuzilmani tiklash uchun YeI va AQSh ishtirokida birgalikda katta fond yaratishga kelishib oldik. Shuningdek, biz Qrimning Ukraina tarkibidagi respublika sifatida mustaqilligini tiklash boʻyicha besh yillik yoʻl xaritasini imzoladik”, — deyiladi Rossiya prezidenti nomidan yaratilgan videoda.

Deepware skaneri shuni koʻrsatdiki, rostligi ehtimoli darajasi yuqori boʻlgan video soxta. 5 ta sunʼiy intellektdan 4 tasi videoda deepfake texnologiyalari belgilarini topdi.

Videoni yaratilishdagi nuqsonlarni hech qanday instrumentlarsiz ham ilgʻash mumkin.

Baʼzi oʻrinlarda tovush personajning artikulyatsiyasiga toʻgʻri kelmaydi va tasvirga noaniq qoʻyilgan. Afsuski, bu tarmoq foydalanuvchilarini videoni tarqatishdan toʻxtata olmadi. Shuni taʼkidlash kerakki, audio trek haqiqatan ham juda yaxshi yaratilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.