Feyk

5G’ning parvozlar xavfsizligiga mumkin boʻlgan taʼsiri sogʻliq uchun ham xavf tugʻdiradi – yangi feyk

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 5G tarmoqlarining parvozlar xavfsizligiga taʼsiri haqida AQSh Federal aviatsiya maʼmuriyatining (Federal Aviation Administration, FAA) yaqinda qilgan ogohlantirishi bilan boʻlishmoqda. Shu bilan birga, baʼzi postlar mualliflari uyali aloqaning beshinchi avlodi odamlar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishini aytishadi. Reuters faktchekerlari bu daʼvolarni rad etadi.

Misollarni bu yerda va bu yerda koʻrish mumkin. Xabarlardan birining muallifi oʻz postiga FAAning xavfni baholash haqidagi axborotini havola qilib, radiatsiya toʻlqinlarining tanaga taʼsiri haqida oʻylashni taklif qiladi.

Yaqinda FAA yangi 5G texnologiyasi balandlik oʻlchagichlar (altimetrlar) kabi aviatsiya vositalariga xalaqit berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Balandlikni oʻlchashdan tashqari, altimetr koʻrsatkichlari avtomatik qoʻnishlarni osonlashtirish va “shamolni kesish” deb ataladigan xavfli oqimlarni aniqlash uchun ishlatiladi (bu yerda).

Altimetrlar 4,2-4,4 gigagertsli diapazonda ishlaydi va muammo shundaki, yangi avlod aloqasining chastotalari ham ushbu diapazonga juda yaqin (bu yerda va bu yerda).

Yaqinda esa AT&T va Verizon telekommunikatsiya kompaniyalari AQSH havo qatnovida jiddiy uzilishlarni oldini olish uchun asosiy aeroportlar yaqinidagi baʼzi simsiz minoralarni ishga tushirishni vaqtincha kechiktirishga kelishib oldilar.

Uzoq muddatli istiqbolda FAA AQShning tijorat samolyotlariga 5G C-diapazoni joylashtiriladigan aeroportlarda koʻrish qiyin boʻlgan vaziyatlarda ham qoʻnishlarni amalga oshirishga ruxsat berish jarayoni ustida ishlashi kerak. Bu, shuningdek, 5G tayanch stansiyalari yaqinida ishlash uchun balandlik oʻlchagichlarni sertifikatlashni anglatadi.

Biroq, FAAning ogohlantirishlarida 5G’ning inson salomatligi muammolari bilan bogʻliqligi haqida hech qanday dalillar va maʼlumotlar berilmagan.

Avvalroq, Reuters 5G inson salomatligi uchun xavfli degan daʼvoni rad etgan edi.

Ionlashtiruvchi boʻlmagan nurlanishdan himoya qilish boʻyicha xalqaro komissiya (ICNIRP) raisi Erik van Rongenning aytishicha, elektromagnit maydonlarning saraton, elektrosezuvchanlik va bepushtlik kabi sogʻliqqa taʼsir koʻrsatishi haqida hech qanday dalillar yoʻq.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, simsiz texnologiyalarga oid hech bir tadqiqot inson salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omil sifatida baholanmaydi. “Umumiy taʼsir qilish xalqaro koʻrsatmalardan past boʻlsa, inson sogʻligʻiga hech qanday salbiy taʼsir kutilmaydi”, deyiladi JSST bayonotida.

Shunday qilib, 5G’ning inson salomatligi uchun xavfliligi va u bilan bogʻliq FAA ogohlantirishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi postlar notoʻgʻri. Aslida, FAAning axboroti 5G’ning samolyot uskunalari bilan oʻzaro taʼsiri haqida edi.

 

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.