Feyk: Afgʻoniston sobiq tashqi ishlar vazirining uyidagi alkogol
Ijtimoiy tarmoqlar va axborot saytlarida video Afgʻonistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Salohiddin Ramanining Kobuldagi uyida Tolibon aʼzolari aks etgani tasvirlangan yozuvlar bilan tarqalmoqda. Videoda bir guruh erkaklar omborxona koʻrinishidagi joyga kirib, spirtli ichimliklar shishalarini topib, ularning tarkibini tekshirayotgani koʻrsatilgan.

Misbar’ning tergovi videodagi yozuvlar yolgʻon ekanligini aniqladi. Videoda Chexiyaning Kobuldagi elchixonasi koʻrsatilgan, Salohiddin Rabboniyning uyi emas. Chexiya matbuoti tasdiqlaganidek, videoda aslida Tolibon hokimiyatga qaytgan paytda evakuatsiya qilingan elchixona koʻrsatilgan. Chexiya tashqi ishlar vazirligi vakili ham Reuters agentligiga video Chexiya elchixonasi ichidagi omborda suratga olinganini tasdiqladi.

Rabboniy Facebookdagi rasmiy sahifasida bu feyk xabar “Tolibon tashviqot mashinasi”ning ishi ekanligiga ishonishini aytdi. Rabboniy 2015-yildan 2019-yilgacha Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri boʻlgan.

Bundan tashqari, videodagi alkogol ichimliklarning koʻp qismi Chexiyada ishlab chiqarilgani Becherovka va Slivovits brednlariga tegishli ekanligini koʻrish mumkin.
