“Vodiy bozor”dan feyk: Saudiya Arabistoni Tolibonning yangi hukumatini tan oldi
Telegram messenjeridagi “Vodiy bozor“ kanalining avgust oyida tarqatgan xabariga koʻra, Saudiya Arabistoni Afgʻoniston Islom Amirligi davlatini birinchilardan boʻlib tan olgan.
Ayni kunda 400 mingdan ziyod obunachilari boʻlgan kanalning xabariga Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining Twitterdagi tvitidan skrinshot biriktirilgan.
Afgʻonistonning yangi hukumatini tan olingani daʼvo qilingan postga biriktirilgan xabarda arab tilidagi quyidagi xabarni oʻqish mumkin:
“Bayonot: Saudiya Arabistoni Qirolligi qardosh Afgʻonistondagi voqealarni qiziqish bilan kuzatmoqda va u yerdagi vaziyat barqaror boʻlishiga umid bildiradi.“
#بيان | المملكة العربية السعودية تتابع باهتمام الأحداث الجارية في أفغانستان الشقيقة، وتعرب عن أملها في استقرار الأوضاع فيها بأسرع وقت pic.twitter.com/YdoVe3nfgQ
— وزارة الخارجية ?? (@KSAMOFA) August 16, 2021
Tvitga biriktirilgan suratdagi yozuvda taxminan (Google Tarjimon orqali tarjima qilingan) quyidagicha yozilgan:
Tashqi ishlar vazirligining aniqlik kiritishicha, Saudiya Arabistoni qirolligi qardosh Afgʻonistonda boʻlayotgan voqealarni qiziqish bilan kuzatmoqda va bu vaziyatda imkon qadar tezroq barqarorlikka umid qiladi.
Qodir Xudoning soʻzlari va tamoyillariga muvofiq (dindorlar, birodarlar), Qirollik hukumati Tolibon harakati va barcha afgʻon partiyalari xavfsizlik, barqarorlik, hayot va mulkni saqlash uchun harakat qilishiga umid qiladi. Qardosh afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlashini va hech kimning aralashuvisiz oʻzlarini qaror qabul qilishlarini qoʻllab-quvvatlaydi.“

Saudia Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi 2021-yilning 16-avgust sanasida bergan xabarida Afgʻonistonning yangi hukumatini tan olgani haqida hech qanday soʻz ketmaydi. Ayni paytda «Vodiy bozor» kanalidagi feyk 182 ming marotaba koʻrilgan.
“Tolibon” harakati Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qildi. Harakat rasmiysi Zabihullo Mujohid bu vaqtincha hukumat hisoblanishini qayd etgan. Harakat yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda Afgʻonistonda shariat qonunlari amal qilishini maʼlum qildi.
