Madonnadan feyk: COVID-19 vaksinasi allaqachon kashf qilingan. Boylar yanada boyish niyatida

Pop musiqa qirolichasi Madonna yangi koronavirus haqida yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun Instagramda senzuraga sabab boʻldi.
Xonanda oʻz sahifasida koronavirus vaksinasi topilganligi haqidagi xabar bilan oʻrtoqlashdi. Shu bilan birga, u vaksina uzoq vaqtdan beri maʼlum boʻlganini va boylarning yana-da boyib ketishiga imkon berish uchun shunchaki jamoatchilikdan yashirilganligini taʼkidladi.
Soxta yangiliklar Instagram maʼmuriyatining tezkor reaksiyasini qoʻzgʻatdi va xonanda tanqid ostida qoldi. Keyinroq esa postga “notoʻgʻri maʼlumot”, deb yozib qoʻyildi.
Ilova qilingan havola foydalanuvchilarni emlash tayyorligini daʼvo qiladigan sahifaga olib boradi. Keyinchalik Madonna Instagramdagi shov-shuvli videoni oʻchirib tashladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ham Madonna yangi koronavirus haqida aytgan gaplari uchun tanqid qilingan edi. Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya butun insoniyatni boshqarish uchun ajoyib qurolga aylandi.
