Feyk: Oʻzbekistonda bola oʻgʻrilari paydo boʻldi
«Oʻzbekiston boʻylab bola oʻgʻrilari paydo boʻlgan”ligi toʻgʻrisidagi yolgʻon maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga IIV munosabat bildirdi.
«Ushbu maʼlumotlar haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, Yurtimiz boʻylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo boʻlganligi haqidagi xabarlarda ham asos yoʻq.
IIV asossiz maʼlumotlarni tarqatib, vahima uygʻotayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash boʻyicha chora koʻrmoqda», deyiladi xabarda.
