Fakt

Yo‘lak bo‘ylab murdalar yotgan shifoxona O‘zbekistonda ekanligi tasdiqlandi

Iyul oyida yo‘lak bo‘ylab murdalar yotgan shifoxona aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Mazkur videolavha ortidan alohida ovozli xabar ham tarqalgan va unda erkak kishi “Jukovskiy shifoxonasida juda koʻpchilik COVID-19ʼdan oʻlyapti. Mana, hozir qaynonamning ham joni uzildi. Olib chiqyapmiz. Ehtiyot boʻlinglar”, – deydi.

© Foto: Videodan skrin

Factcheking.uz‘da nashr qilingan shu mavzudagi maqolada vazirlik vakiling “Videolavhadagi holat Oʻzbekistonda yuz bermagan, ayrim maʼlumotlarga koʻra qoʻshni davlatlardan biridagi tasvir bu”, deyilgan izohi keltirilgan.

“Hudud” yoshlar informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, ushbu tasvirlar Toshkentdagi Respublika Patologik anatomiya markazida tasvirga olingan. Ta’kidlanishicha, video markazning magistr va yosh sanitarlari tomonidan tasvirga olingan. Video aslida 28-iyun kuni tushirilgan.

“28-iyun kuni Rossiyadan charter reysida ‘Gruz-200’ ko‘rinishida 16 ta murda kelgan edi. Murdalarni barchasi ‘yashik’larda kelgan. Biz yashiklarni ochib ko‘rib, yuvib, tozalab, tikadigan joyini tikib, dezinfeksiyalab, kafanlab qarindosh urug‘iga berishimiz kerak”, – deydi markaz vakili.

Vakilning aytishicha, asli bu video xorazmlik talabalar tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, oilasiga qayerda ishlayotganini ko‘rsatish uchun bo‘lgan. Shundan so‘ng video 18-iyul kuni Xorazm orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Markaz vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatning koronavirusga aloqasi yo‘q.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.