Feyk: Kanadada qariyalar uylarini bolalar uylari bilan birlashtirishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi sarlavhali rasm tarqalmoqda: “Kanadada kimningdir yorqin gʻoyasi amalga oshirildi — qariyalar uylarini bolalar uylari bilan birlashtirish”. Maʼlum qilinishicha, natija barcha kutilgan natijalarni berdi — keksalar mehribon nevaralarini topdilar, yetim bolalar esa birinchi marta sevgi va gʻamxoʻrlik nima ekanligini his qilishdi. Bundan tashqari, shifokorlar goʻyoki qariyalardagi barcha hayotiy funksiyalar yaxshilanganligini taʼkidladilar.

Rasmiy manbalarda va norasmiy maʼlumotlarda Kanadadagi qariyalar uylari bolalar uylari bilan birlashtirilganligi haqida maʼlumot yoʻq. Aslida bunday islohot hali biron bir mamlakatda amalga oshirilmagan. Ushbu yolgʻon axborotnoma 2018-yildan beri bir nechta tillarda tarqatilmoqda.
Ehtimol, soxta xabarlarning asosini Yaponiya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya singari mamlakatlarda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan “Avlodlararo oʻquv markazlari” deb nomlangan loyiha boʻlishi mumkin. Loyiha doirasida bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari (bolalar uylari emas) qariyalar uylarida vaqt oʻtkazishadi, u erda ular keksalar bilan muloqot qilishadi, oʻqishadi va turli oʻyinlar oʻynashadi. Ammo, siz tasavvur qilganingizdek, bu bolalar uylari va qariyalar uylarini birlashtirish bilan bir xil emas.
