Feyk: Qora murch COVID-19ga qarshi kurasha oladi
4-noyabr kuni tibbiyot fanlari doktori, professor va taniqli rossiyalik teleboshlovchi Yelena Malysheva oʻzining “Sogʻlom Hayot” dasturining efirida qora murch goʻyoki koronavirusdan himoya qiladi, dedi.
Uning soʻzlariga koʻra, ziravor tarkibida piperin mavjud boʻlib, u baʼzi SARS-CoV-2 zarralarini taʼsirini toʻxtatadi. Bu virusning inson tanasiga tarqalishi va kirib borishi uchun javobgar boʻlgan tarkibiy qismlar. Malysheva murch kapsaitsin tarkibida boʻlgani uchun ham antibakterial xususiyatlarga ega ekanligini taʼkidladi.
Ha, murchda piperin bor. Ammo aslida qora murch koronavirusga qarshi kurashga hech qanday hissa qoʻshmaydi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oziq-ovqat tarkibidagi achchiq murch gastronomik foyda keltiradi, ammo uning COVID-19 ni oldini olish va / yoki davolashga oid hech qanday dalil yoʻq.
“Oʻzingizni yangi koronavirus infeksiyasidan himoya qilishning eng yaxshi usuli boshqalardan kamida bir metr masofani saqlash, shuningdek qoʻllaringizni tez-tez va yaxshilab yuvishdir”, deb ogohlantiradi JSST.
Shuni taʼkidlash kerakki, bu feyk yangi emas. Oktyabr oyida Hindiston Texnologiya Instituti fizika boʻlimining hind olimlari aynan shu feyk maʼlumotni tarqatgan edi. Keyin kompyuter simulyatsiyalaridan foydalanib, ular qora murch tarkibidagi piperinning koronavirusning koʻpayishi va inson tanasiga kirib borishi uchun javob beradigan qismlarining taʼsirini toʻsib qoʻyishi mumkin degan xulosaga kelishdi.
Oʻz navbatida mutaxassislar ushbu nazariyani tanqid qildi, chunki bunday bayonotlar berish uchun bir qator eksperimentlar oʻtkazish kerak, shu jumladan laboratoriya hayvonlari va odamlarda, chunki kompyuter simulyatsiyalari haqiqiylikni aks ettirmaydi.
Yelena Malysheva katta auditoriyaga yolgʻon maʼlumot tarqatdi. Qora murch, zanjabil yoki sarimsoq kabi boshqa ziravorlar koronavirusdan himoya qilmaydi.
Avvalroq, koʻk choyning koronavirusni yuqtirgan odam tanasida virusga qarshi kurashishi haqidagi feyk axborot haqida maqola chop etgan edik.
