Feyk

Koʻk choy koronavirusni zaiflashtiradimi?

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlangan kundan buyon virusga aloqador minglab feyk xabarlar tarqaldi. Ularning barchasini tekshirish va soxtasini ajratish imkonsiz. Biroq inson salomatligiga aloqador feyk xabarlar Factchecking.uz blogining doim eʼtiborida. Zero inson salomatligi har narsadan ustundir.

Inson salomatligiga aloqador navbatdagi ommaviy feyk xabar shu kunlarda barcha ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻldi. Yaʼni koronavirus yuqtirgan odam koʻproq koʻk choy ichsa uning tanasidagi virus zaiflashadi. Bu qanchalik toʻgʻri?

Rossiyalik virusolog olim Aleksey Agranovskiyning aytishicha, koʻk choy, arpabodiyon va anor sharbatini koronavirusga qarshi haqiqiy davo vositasi deb hisoblamaslik kerak.

Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi “milliy” dorivorlar, oʻsimlik vositalari taʼsirchan tabobatga aloqador emas. “Inson organizmidagi virusga hech narsa qarshi taʼsir qilmaydi, bunday vosita yoʻq. Bu kabi “dorivor” deb ataladigan oʻsimliklar va vositalar shunchaki yolgʻon umid beradi”, — deydi olim.

Shuningdek, u foydali mikroelementlar va vitaminlarga boy tabiiy mahsulotlar immunitetni kuchaytirishini, lekin hech bir sharbat viruslarni oʻldirish kuchiga ega emasligini taʼkidlagan.

Avvalroq, Germaniyadagi Ulma universiteti Tibbiyot markazining molekulyar virusologiya instituti xodimlari arpabodiyon sharbati organizmda koronavirusning faolligini pasaytirishi va uning patogenni (tanasini) 79 foizgacha yoʻq qilishini aytgan edi. Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, boshqa tabiiy sharbatlar va koʻk choy ham nordon taʼmi va oʻsimlik polifenollari evaziga kasallikning kuchini zaiflashtira oladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.