Feyk: Internetda 25 oktyabr kunidan karantin cheklovlari qaytarilishi haqida xabar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlardagi turli profillarda joriy yilning 25-oktyabr kunidan boshlab transportlar harakatiga cheklov choralari kuchga kirishi haqida yolg‘on xabar tarqaldi.
Bunga qadar O’zbekistonda so’nggi karantin maxsus komissiya tomonidan 15-avgustga qadar uzaytirgandi. Internetda tarqatilayotgan xabarlarda esa eski post sarlavhasiga fotoshop orqali yolg‘on ma’lumot qo‘shimcha qilinganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustdan keyin bosqichma-bosqich yumshatila boshlangandi. Xususan, avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, mahalliy avia va temir yo‘l qatnoviga, xususiy bog‘cha va maktablar faoliyatiga, 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. 17 avgustdan viloyatlar o‘rtasida avtotransport qatnovi hamda jamoat transporti va shahar atrofidagi avtobus qatnovi tiklandi, masjidlar qayta ochildi. 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushdi.
Sentabr oyi boshida esa asosiy cheklovlar bekor qilindi, xalqaro qatnovlar ham tiklana boshlandi, hozirda faqat ko‘chada tibbiy niqobda yurish majburiy hisoblanadi. Sentabr oyi boshidan buyon maxsus komissiyaning karantinga oid yangi qarori qabul qilinmagan.
