Factchecking

Shirinlik bolalarni giperaktiv qiladimi?

Rang-barang shirinliklar
© gausanchennai / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0

Ko‘plab ota-onalar shakar bolalarni haddan tashqari faol qiladi, deb hisoblaydi. Biroq ko‘r (blind) usulda o‘tkazilgan tadqiqotlar shakarning bolalar xulq-atvoriga ta’sirini aniqlamagan: bu bog‘liqlik isbotlanmagan. Bu haqda Live Science, Big Think va CBC yozgan.

Da’vo

«Bolaga shirinlik berdingizmi — endi uni tinchlantirib bo‘lmaydi». Bu fikr ota-onalar va o‘qituvchilar orasida keng tarqalgan.

Tadqiqotlar nima deydi?

1995-yilda JAMA jurnalida chop etilgan meta-tahlilda shakar va bolalar xulqi bo‘yicha o‘nlab tadqiqot ko‘rib chiqilgan. Bolalar, ota-onalar va tadqiqotchilar kim shakar, kim uning o‘rinbosarini olganini bilmagan holatda shakarning xulq yoki diqqatga ta’siri aniqlanmagan.

Bu tadqiqotlar muallifi, pediatr Mark Volreyx shakar bolalar xulqiga ta’sir qilmasligini aytadi. Uning fikricha, ota-onalarning kutishi bola xatti-harakatini qanday baholashiga ta’sir qiladi.

Qiziq tajriba

Bir tadqiqotda onalarga farzandingiz ko‘p shakar oldi, deb aytilgan. Aslida bolalar shakar o‘rnini bosuvchi modda olgan. Shunga qaramay, bu onalar farzandlarini faolroq deb baholagan va ularga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘lgan.

Unda bolalar nega «to‘polon» qiladi?

Shirinlik ko‘pincha tug‘ilgan kun, to‘y va bayramlarda beriladi. Bunday tadbirlarda bolalar hayajonda bo‘ladi, kun tartibi buziladi. Volreyx giperaktivlik ko‘pincha aynan shu o‘zgarishlar bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.

Lekin ehtiyot bo‘ling

Bu shakar zararsiz degani emas. Ortiqcha shakar semirish, tish kariyesi va 2-tip qandli diabet xavfi bilan bog‘liq. Faqat giperaktivlik uning zararlari qatoriga kirmaydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.