Mediasavodxonlik

Faktcheking faqat jurnalistlar uchun emas: IFCN direktori mediasavodxonlikning har kim uchun 5 ta foydasini sanab o‘tdi

Lesser Uri. «Lupa bilan o‘qiyotgan odam»
© Lesser Ury / Wikimedia Commons, Public domain

Xalqaro faktcheking tarmog‘i (IFCN) direktori Angie Drobnic Holan 28-sentabr kuni Poynter saytida e’lon qilgan maqolasida faktcheking ko‘nikmasi faqat professional jurnalistlarga emas, har bir insonga kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, faktcheking faqat yolg‘onga qarshi kurash emas — u ishonchli va foydali xabarlar yaratishga ham yordam beradi.

Muallif faktcheking kundalik hayotni yaxshilaydigan besh sababni keltiradi:

  • Fikrni aniqroq ifodalash. O‘z so‘zlariga e’tibor bergan odam nutqda, yozuvda va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarliroq gapiradi.
  • Ishonch qozonish. Doim to‘g‘ri gapiradigan odamga guruh chatida ham, ishxonada ham, mahallada ham ishonishadi.
  • Kuchliroq dalillar. Biror narsani aytish yoki ulashishdan oldin o‘zingizni tekshirsangiz, dalillaringizning zaif joyini vaqtida ko‘rasiz.
  • To‘g‘riroq qarorlar. Xarid, davolanish, ovoz berish yoki «bankdan kelgan» shubhali xat kabi masalalarda xato ma’lumot noto‘g‘ri qarorga olib keladi. Faktcheking bunday holatlarda qalqon vazifasini bajaradi.
  • Hamkorlik osonlashadi. Bir xil faktlarga tayangan jamoa nima haqiqat ekani haqida emas, muammoni qanday hal qilish haqida bahslashadi.

Holan va uning hamkasbi Alanna Dvorak Poynter institutida «Fact-Checking for Everyone» («Hamma uchun faktcheking») nomli onlayn kursni ishga tushirdi. Mustaqil o‘qishga mo‘ljallangan kurs professional bo‘lmagan auditoriyaga ma’lumotni o‘zi tekshirishni o‘rgatadi.

Manba: Poynter (28-sentabr)

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.