Infografika: dunyo mamlakatlari qaysi yilda yashayapti
Bugungi kunda Grigoriy taqvimi dunyoning aksariyat mamlakatlarida asosiy taqvim hisoblanadi. 160 dan ortiq davlatda u yagona yil hisoblash tizimi sifatida qo‘llanadi.
Yaponiya faqat Grigoriy taqvimidan foydalanmaydi. Mamlakatda, shuningdek, amaldagi imperator hukmronligi boshlangan vaqtdan boshlab yil hisobi yuritiladi. Imperator Naruxito 2019-yil 1-may kuni taxtga chiqqan. Shunga ko‘ra, hozir Yaponiyada yettinchi yil ketmoqda.
Grigoriy taqvimidan tashqari, dunyoda eng keng tarqalgan taqvimlardan biri islomiy taqvimdir. Unda yil hisobi milodiy 622-yildan boshlanadi. Bu taqvim, masalan, Jazoir, Misr, Iroq va Yaman kabi mamlakatlarda qo‘llanadi. Hozir bu davlatlarda 1447-yil.
Xitoyda bir nechta taqvimdan foydalaniladi. An’anaviy sharqiy (oy-quyosh) taqvimiga ko‘ra, hozir u yerda Yashil Yog‘och Ilon yili ostidagi 4722-yil davom etmoqda. Bu yil 2026-yil yanvar oyi oxirida almashadi.
Oy-quyosh taqvimi Isroilda ham qo‘llaniladi. Yahudiy taqvimiga ko‘ra, hozir 5786-yil.
Ayrim davlatlar turli quyosh taqvimlarining variantlaridan foydalanadi. Masalan, Afg‘oniston va Eronda hozir 1404-yil, Bangladeshda esa 1432-yil.
