Yangiliklar

Time jurnali “Yil odami”ni e’lon qildi: bu – sun’iy intellekt yaratuvchilari

Time jurnali an’anaviy tarzda “2025-yilning Odami”ni e’lon qildi va bu safar bu ushbu maqomga bitta shaxsga emas, balki sun’iy intellekt (SI) rivojiga hissa qo‘shgan bir guruh insonlar sazovor bo‘ldi.

Jurnal SIning jamiyatga ko‘rsatgan ulkan ta’sirini tan olganini bildirdi.

“2025 yil sun’iy intellektning salohiyati to‘liq ochilgan yil bo‘ldi va bir haqiqat ayon bo‘ldi – orqaga yo‘l yo‘q. ‘O‘ylovchi’ mashinalar davrini boshlab bergani, insoniyatni hayratga solib, ba’zan tashvishlantirgani, hozirgi zamonni o‘zgartirgani va mumkin bo‘lgan chegaralardan oshgani uchun, SI yaratuvchilari ‘Yil odami’ deb topildi”, – deyiladi nashrning X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.

E’lon bilan birga chop etilgan muqovada Meta rahbari Mark Tsukerberg, Grokni yaratgan kompaniya asoschisi Ilon Mask, Nvidia bosh ijrochi direktori Jensen Xuang va boshqa texnologik gigantlarning yetakchilari tasvirlangan.

Time jurnali “Yil odami”ni deyarli 100 yildan beri tanlab keladi. Mazkur nominatsiya ta’sirli siyosatchilar, jamoat arboblari va boshqa mashhur shaxslarga beriladi.

Yaqinda mashhur sun’iy intellekt tadqiqotchisi Yann Lekun Meta kompaniyasini tark etayotgani ma’lum bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Lekun axborotni qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan SI kontseptsiyasini amaliyotga joriy etuvchi startap tashkil etishga hozirlik ko‘rmoqda. Nashr qayd etishicha, so‘nggi yillarda Lekun SI rivoji bo‘yicha munozaralarning faol ishtirokchisiga aylangan.

Uning fikricha, ChatGPT kabi katta til modellari (LLM) kuchli vosita bo‘lsa-da, ular mantiqiy fikrlash va real fizik dunyoni to‘liq tushunish imkoniyatlarida cheklangan. Lekun buning o‘rniga “dunyo modeli”ning afzalliklarini ta’kidlaydi — bu nafaqat matnlar, balki vizual va fazoviy ma’lumotlar asosida o‘rganadigan, inson kabi mulohaza yuritish va bashorat qilishga qodir tizimdir.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.