Factcheck.uz volontyorlarni qabul qiladi!
Qisqacha ma’lumot
Factcheck.uz jamoasi o‘z faoliyatini kengaytirayotgani sababli yangi volontyorlarni qabul qilmoqda. Agar siz media, jurnalistika, tarjima, dizayn yoki ijtimoiy tarmoqlarga qiziqsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Volontyorlar ofisga kelmasdan, masofadan turib ishlashlari mumkin. Bu faoliyat uchun haq to‘lanmaydi, biroq siz katta tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Har bir volontyor uchun saytda shaxsiy profil sahifasi ochiladi va u yerda o‘z maqolalarini chop etish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, volontyorlarga factcheck.uz domenida maxsus elektron manzil beriladi.
Volontyorlar nima ish qilishi mumkin?
- Maqolalar yozish va ularni tahrirlash ✍️
- Ijtimoiy tarmoqlarda postlar joylash
- Posterlar va vizual materiallar tayyorlash
- Tarjimalar qilish
- Dizayn bilan shug‘ullanish
Volontyorlar nimalarni o‘rganadi?
- Maqola yozish ko‘nikmalari
- Faktcheking instrumentlaridan foydalanish
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash
- Maqolalarni tahrirlash asoslari
- Media sohasida amaliy tajriba
Shartlar
- Ishchi til: o‘zbek tili
- Faoliyat shakli: masofadan (online)
- Volontyorlik muddati: kelishuv asosida
- Volontyor maqolalarini keyinchalik o‘z rezyumesida ko‘rsatishi mumkin
Nima uchun biz bilan?
- Sizning maqolangiz keng auditoriyaga taqdim etiladi
- Media sohasida amaliy tajriba orttirasiz
- Professional jamoa bilan ishlash imkoniyati yaratiladi
✉️ Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/d5GnaZEyQgJxP8KQ9
