Yangiliklar

G‘azo sektorida qariyb 1,5 yilda 50 ming kishi halok bo‘ldi

Isroilning 2023-yil oxirlarida HAMAS bilan urushi boshlanganidan beri G‘azoda 50 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda hudud Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, CNN xabar berdi.

Vazirlik so‘nggi sutkada yana 41 kishi vafot etgani, qurbonlar soni 50 021 nafarga yetganini bildirdi.

SSV va BMT o‘limlarning aksariyati ayollar va bolalar hissasiga to‘g‘ri kelishini aytmoqda. Haqiqiy son esa ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab odamlar hali ham vayronalar ostida qolmoqda, deya ishoniladi.

Bunga javoban SAXAL CNN telekanaliga HAMAS nazorati ostidagi vazirlik ko‘rsatkichlari “noizchilliklar va xatoliklar bilan to‘la” ekanini va vazirlik “tabiiy o‘limlar kabi mojaro bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘limlarni ham qayd etishga moyilligini” qo‘shimcha qildi.

SAXALning qo‘shimcha qilishicha, u “xalqaro huquqqa qat’iy rioya qilgan holda operativ faoliyat davomida tinch aholiga yetkaziladigan zararni kamaytirishga sodiq”, “o‘z huquqiy majburiyatlari va mustahkamlangan qadriyatlari talab qilganidek, tinch aholi va jangarilarni ajratadi”.

18-martga o‘tar kechasi Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qarata ommaviy hujumlarni qayta boshladi. Isroil hukumati bu qarorni HAMASning garovga olinganlarni ozod qilishdan bosh tortgani bilan izohladi.

Qurbonlar soni ortdi, chunki Isroil HAMAS bilan urushni qayta boshladi va G‘azoda ikki oylik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini yakunladi, o‘tgan seshanbada Isroil o‘qlari tufayli 400 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi G‘azo SSV.

Isroil hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktabrdan beri hujumlar oqibatida Isroilda 1200 kishi, asosan tinch aholi halok bo‘lgan va 251 kishi garovga olingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.