Feyk: Jonni Depp Moskvada zargarlik do‘koni ochadi
Rossiya va ayrim Ukraina OAVlari amerikalik aktyor Jonni Depp Moskvada zargarlik do‘koni ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatishdi. Ushbu xabarlarda aytilishicha, do‘konni aktyorning sevgan qizi — Yekaterinburglik 28 yoshli Yuliya Vlasova boshqarishi kerak emish. Ma’lumotlarga ko‘ra, Depp u bilan Kann kinofestivalida tanishgan.
Ammo aslida bu ma’lumot haqiqatga zid. Birinchidan, aktyorning rasmiy sahifalarida bunday reja yoki yangilik haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Rossiyaning targ‘ibot vositalari ilgari ham Deppning Rossiyaga bo‘lgan simpatiyasini ko‘rsatishga uringan asossiz mish-mishlarni tarqatgan, ammo ular hech qachon tasdiqlanmagan.

Ikkinchidan, ushbu «xabar»da tilga olingan va tabloidlar tomonidan «Deppning qizi» deb nomlangan Yuliya Vlasovaning o‘zi bu ma’lumotni rad etdi. Super.ru saytiga bergan javobida Vlasova aktyorning bunday rejasi yo‘qligini aytib, quyidagicha izoh berdi: «Jonni zargarlik brendi ochishni rejalashtirmayapti. U bu ishga umuman aloqador emas.»
Bundan tashqari, amerikalik aktyor Rossiyaning to‘laqonli bosqini boshlanganidan keyin Ukrainani bir necha bor ochiq qo‘llab-quvvatlagan. U Ukraina bayrog‘i fonida chiqishlar qilgan va ukrainalik qochqinlar bilan muloqotda bo‘lgan.
