Yangiliklar

Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi

Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyida Parij aeroportida hibsga olingan edi. Tadbirkor messenjerni yetarli darajada moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Belgiya ham Fransiya tergoviga qo‘shilganini ma’lum qildi.

Belgiya federal prokuraturasi Telegram messenjeri faoliyatini 2020-yildan buyon tergov qilmoqda va endi bu borada Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qiladi, deb yozdi De Standaard.

Nashrning ta’kidlashicha, mamlakatlar tergov guruhini tuzgan bo‘lib, ular orqali har ikki davlatning vakolatli organlari «o‘z tergov natijalarini almashadi va birgalikda harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi».

Prokuratura vakili nashrga shunday guruh tuzilganini tasdiqladi. U buning zarurligini «qurol savdosiga oid deyarli barcha tergovlarda gumonlanuvchilar Telegram messenjeridan foydalanishi» bilan izohladi.

Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyi oxirida Parij aeroportida hibsga olingan edi. U messenjerni yetarlicha moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Jandarmeriya ma’lumotlariga ko‘ra, bu va uning hamkorlik qilishdan bosh tortishi uni bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda sherik qiladi. Keyinroq Durov 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya bo‘limiga xabar berish majburiyati evaziga ozod qilindi.

23-sentyabr kuni Durov Telegram asosli qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qonun buzgan shaxslarning IP-manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, noqonuniy kontent ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi @SearchReport bot ishga tushirildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.