Yangiliklar

Telegram O‘zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Telegram kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning LinkedIn sahifasidan ma’lum bo‘lmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilgan. Ofisning qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Telegram asoschisi Pavel Durov shu yil yozda O‘zbekistonga kelgan va mamlakat rasmiylari bilan uchrashgandi.

Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga bir necha kunlik tashrifi bo‘yicha taassurotlarini o‘rtoqlashdi. U mamlakat o‘ziga juda yoqqanini bildirgan va safar davomida olgan fotosuratlarini bo‘lishgan.

«O‘zbekistonda Telegram’ni yaxshi ko‘rishadi: mamlakatning 37 millionlik aholisidan 70 foizdan ortig‘i Telegram’dan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamiz bilan bog‘liq (mamlakatdagi har bir biznes tarmog‘ida Telegram-bot yoki kanal mavjud). Biz bu mashhurlikdan faxrlanamiz va bunga javoban O‘zbekistonga sevgimizni izhor qilamiz», degan edi Durov.

U tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, O‘zbekiston sharqidagi tog‘li landshaftlar hamda Buxoro va Samarqandning boy tarixi o‘zini hayratga solganini bildirdi.

«Men juda ko‘p yosh va iqtidorli, qalbi qaynoq insonlarni uchratdim. Men iliq qabuldan mamnunman va umid qilamanki, yil oxirida quyoshli Toshkentga yana kelaman», deb yozdi u.

Avvalroq, Telegram kompaniyasi Qozog‘istonda ofis ochishi haqida xabar berilgan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.