Apple o‘zining sun’iy intellekt platformasini oktyabr oyiga qadar ishga tushiradi
Apple kompaniyasi o‘z qurilmalarida sun’iy intellekt (SI) platformasi Apple Intelligence’ni ishga tushirilishini kechiktirdi. U oktyabr oyiga qadar ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg xabardor manbalarga tayanib.
Avvalroq Apple Intelligence iOS 18 va iPadOS 18 o‘rnatilgan smartfon va planshetlarda paydo bo‘lishi kutilgan edi, ular sentyabr oyida chiqariladi.
Shu bilan birga, ishlab chiquvchilar iOS 18.1 va iPadOS 18.1 ning beta-versiyalarini sinovdan o‘tkazish doirasida shu haftada undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. iOS 18.0 ni ishlab chiqish iyul oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Apple har sentyabr oyida yangi dasturiy ta’minotga ega yangi iPhone’larni taqdim etadi. Operatsion tizim qurilmalar do‘konlarga jo‘natilishidan oldin o‘rnatilishi uchun bir necha hafta oldin tayyor bo‘lishi kerak.
Kompaniya iyun oyida o‘zining dasturchilar konferensiyasida Apple Intelligence haqida e’lon qildi. Shu bilan birga, u bu yil o‘z qurilmalariga ChatGPT chatbotini qo‘shishini ham ma’lum qilgan.
