Yangiliklar

Eronda reper Tumaj Solihiyga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmi bekor qilindi

Eron oliy sudi reper Tumaj Solihiyga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmini bekor qildi, dedi uning advokati.

Qaror Erondagi prezidentlik saylovoldi kampaniyasi o‘rtalarida qabul qilingan.

«Solehiyning o‘lim hukmi bekor qilindi», dedi reperning advokati Amir Raisyan X-dagi postida va oliy sud ishni qayta ko‘rib chiqishga buyruq berganini qo‘shimcha qildi.

AR agentligining aniqlik kiritishicha, videolardan birida Solihiy Aminiy haqida: «Shamolda sochlar bilan raqsga tushish kimningdir jinoyati bo‘ldi», deb aytgan. Boshqa bir satrda u Eron teokratiyasining qulashini bashorat qiladi.

Solihiy 2022 yil oktyabr oyida Eronda kurd qiz Mahsa Aminiy o‘limi ortidan boshlangan namoyishlarni omma oldida qo‘llab-quvvatlagani uchun qo‘lga olingan edi. Birinchi marta ozodlikka chiqqanidan ko‘p o‘tmay, u ushlanganidan keyin qiynoqqa solinganini aytgan videomurojaatini e’lon qilganidan keyin yana qamoqxonaga jo‘natildi.

2023 yil iyun oyida reper «yer yuzidagi korrupsiya» uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi – bu Erondagi eng og‘ir jinoyatlardan biri bo‘lib, u bo‘yicha o‘lim jazosi ham chiqarilishi mumkin. Musiqachi |Internetda yolg‘on» va «davlatga qarshi tashviqot» tarqatish, shuningdek, odamlarni zo‘ravonlikka undashda aybdor deb topildi.

Coldplay guruhi a’zolari va qo‘shiqchi Sting eronlik reperni himoya qilib chiqishdi. Eron davlat matbuoti ko‘zi bog‘langan ijrochining so‘zlari uchun kechirim so‘ragani aks etgan videoni e’lon qildi – bu, ehtimol, bosim ostida berilgan bayonot bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eron hukumati Oliy sud qarori bilan 2023 yilning 19 noyabrida 32 yoshli musiqachini garov evaziga yana qamoqdan ozod qildi. Uning advokati Amir Raysanning so‘zlariga ko‘ra, sud «dastlabki qarorda xatoliklarni» aniqlagan.

Eronda ommaviy norozilik namoyishlari o‘tgan yilning kuzida axloq politsiyasi tomonidan ushlangan 22 yoshli Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng boshlangan. U 2022 yil 16 sentabrda bosh kiyimni noto‘g‘ri o‘rashda ayblanib qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etdi. Uning oilasi Mahsa politsiya zo‘ravonligi tufayli vafot etganini da’vo qilmoqda. Aminiyning o‘limi Eronda «Ayol, hayot, ozodlik!» shiori ostida ko‘p oylar davom etgan ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Nohukumat tashkilotlarga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 22 mingdan ortiq namoyishchi qo‘lga olingan, 550 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 7 kishi qatl etilgan.

2023 yilda Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng Yevroparlamentning «Fikr erkinligi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi. Eronda ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha norozilik harakati Saxarov mukofoti laureati deb e’lon qilindi. Bundan tashqari, 2023 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti ayollar huquqlari uchun kurashayotgan eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiyga berildi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.