Yangiliklar

Google pensiya jamg‘armasining 125 milliard dollarlik hisobini tasodifan o‘chirib tashladi

Google o‘z mijozlaridan biri uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Serviz 125 milliard dollarlik yirik aktivlarni boshqaradigan Avstraliyaning UniSuper pensiya jamg‘armasining shaxsiy bulut akkauntini tasodifan o‘chirib tashladi.

Ushbu hodisa tufayli yarim milliondan ortiq UniSuper jamg‘armasi a’zolari taxminan bir hafta davomida o‘z hisoblariga kira olmagan. Funktsionallikni tiklash uchun kompaniya boshqa bulutli provayder bilan zaxira hisob qaydnomasidan foydalanishi kerak edi. To‘liq kirish faqat 2 may kuni tiklandi.

The Guardian nashriga bergan qo‘shma bayonotida Google Cloud bosh direktori Tomas Kurian va UniSuper rahbari Piter Chan shunday dedi: “Bu alohida, misli ko‘rilmagan hodisa bo‘ldi – bu global miqyosda hech bir Google Cloud mijozi bilan hech qachon sodir bo‘lmagan.»

Google xatolik birinchi marta sodir bo‘lganiga ishontirgan bo‘lsa-da, nosozliklar va uzilishlar ehtimoli o‘z operatsiyalarini bulutli platformalarga ko‘proq o‘tkazayotgan kompaniyalar va davlat idoralarida tashvish tug‘dirmay qolmaydi. Zero, Google Cloud mijozlari orasida dunyodagi minglab yirik korporatsiyalarning qariyb 60 foizi va generativ sun’iy intellekt sohasidagi eng muvaffaqiyatli va istiqbolli startaplarning 90 foizi bor. Dunyo bo‘ylab deyarli yarim million kompaniyalar Google Cloud’dan mijozlar platformasi sifatida foydalanadi, jumladan Volkswagen va Royal Bank of Canada kabi gigantlar.

Amerika davlat idoralari va razvedka hamjamiyati ham muhim ma’lumotlarni saqlash uchun bulutli xizmatlarga murojaat qilmoqda. Misol uchun, NSA razvedka ma’lumotlarini bulutga ko‘chirish uchun Amazon bilan 10 milliard dollarlik shartnoma tuzdi. Pentagon bulutli hisoblash bo‘yicha Microsoft, Google, Oracle va Amazon bilan 9 milliardlik shartnomaga ega.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.