Yangiliklar

AQSh prezidentligiga nomzod Falastinni qo‘llovi ortidan hibsga olindi

AQSh prezidentligiga nomzod, Yashillar partiyasi vakili Jill Stayn Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan namoyishda hibsga olindi.

Missuri shtatida joylashgan Vashington universiteti hududida tashkil etilgan miting payti J.Stayn bilan birga o‘nlab talabalar ham qamoqqa olingan. 

Talabalar «G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi amalga oshirilayotgan genotsid»ga qarshi chiqqan. Prezidentlikka nomzod Jill Stayn ularni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Siyosatchi qo‘liga kishan urilgan holda bir necha soat davomida qamoqda ushlab turilgan.

J.Stayn o‘qishi va karerasini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatishni talab qilayotgan talabalarga hurmati baland ekanini ta’kidlagan.

Asli yahudiy millatiga mansub Jill Stayn avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni G‘azo sektorida genotsid va harbiy jinoyatlar sodir etishda ayblagandi. U AQShning amaldagi prezidenti, demokrat Jo Baydenni G‘azodagi xunrezliklarga sherik ekanini qayd etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil armiyasi HAMASning hujumiga javoban G‘azoga bostirib kirganidan beri 34568 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 77765 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlarning 14700 dan ziyodi bolalar, 9700 dan ziyodi ayollardir.

Tinch aholi orasida qurbonlar oshib borayotgan bir paytda Oq uyning Isroilga nisbatan ko‘mak siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari kuchaymoqda. Jumladan, aprel oyi o‘rtalaridan beri AQShning o‘nlab universitetlarida talabalarning norozilik aksiyalari o‘tkazilmoqda. Politsiya ikki hafta ichida 1000 ga talabani hibsga olgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.