Yangiliklar

Aqto‘be viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan dahshatli YTHda sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, YTH Marjonbuloq qishlogʻi yaqinida Oʻzbekiston fuqarosi boshqarayotgan “Volvo” yuk mashinasi va “Toyota-Alhpard” mikroavtobusi ishtirokida sodir boʻlgan.

“Yo‘l-transport hodisasi natijasida mikroavtobus haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi – O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida halok bo‘ldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, harakat vaqtida yuk mashinasining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va shu yerda toʻqnashuv sodir boʻlgan”, — deyiladi xabarda.

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borildi. Tegishli komissiya tayinlangan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.