Putin Rossiyada NATO bilan urushga kirishish niyati yo‘qligini ma’lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning NATO bilan urushga kirishish niyati haqidagi xavotirlarni «bema’nilik» deb atadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda AQSh harbiy xarajatlari 811 milliard dollarni, Rossiyaniki esa 72 milliard dollarni tashkil qilgan: «Va shu nisbatni hisobga olsak, biz NATO bilan kurashamizmi? Bu bema’nilik», dedi Putin 27-mart, chorshanba kuni g‘arb mamlakatlariga Rossiya tahdidi haqidagi gaplarga izoh berib.
«Ularning Ukrainadan keyin Yevropaga hujum qilishimiz haqida gapirayotgani – bu mutlaqo bema’nilik, aholisini faqat pul olish uchun qo‘rqitish», – dedi Putin. Rossiyaning Yevropa davlatlariga nisbatan tajovuzkor niyati yo‘q, dedi Rossiya prezidenti Tver viloyatiga amaliy safari chog‘ida harbiylar bilan muloqot chog‘ida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar urushda qatnashish uchun Ukrainaga topshirilgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchsa, bu aerodromlar Rossiya harbiylari uchun qonuniy nishonga aylanadi. Shu bilan birga, Putin F-16 samolyotlari bortida yadro qurolini olib yurishi mumkinligini eslatdi. «Biz buni ham hisobga olishimiz kerak», dedi u.
