Yangiliklar

Kim Chen In yana bir bor urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi

Kim oxirgi marta 3 oy oldin urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirgan edi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 14-mart kuni tank qoʻshinlarining oʻquv mashgʻulotlarida qatnashdi va tankistlarni “maʼnan urushga tayyorlanishga” chaqirgan.

KCNA axborot agentligi maʼlum qilishicha, Kim Chen In “dunyodagi eng kuchli” deb atagan yangi rusumdagi tankni oʻzi boshqarib koʻrgan.

Bu mashgʻulotlar Kim Chen In oxirgi 11 kun ichida, yaʼni AQSH va Janubiy Koreya oʻrtasida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar boshlanganidan beri ishtirok etgan uchinchi mashgʻulotidir. KXDR odatda Janubiy Koreya va ittifoqchilarining mashgʻulotlarini oʻziga qarshi hujumga shaylik, deb baholaydi va oʻzi ham jangovar mashqlar oʻtkazadi.

Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari artilleriya va piyoda qoʻshinlarining mashqlarida qatnashgan edi.

Shimoliy Koreya matbuoti yozishicha, Kim Chen In tankistlarga “urushga tayyorlanishni” aytgan.

Shimoliy Koreya muntazam ravishda Janubiy Koreya bilan urush ehtimoli haqida bashorat qilib keladi. Kim oxirgi marta 3 oy oldin urushga tayyorgarlik koʻrishga chaqirgan edi. Kimning taʼkidlashicha, Janubiy Koreya bilan qayta birlashish ortiq imkonsiz, chunki Janubiy Koreya oʻzining milliy siyosati sifatida “yutib yuborish orqali birlashishni” tanlagan. KXDR rahbarining soʻzlariga koʻra, bu Shimoliy Koreya amal qiladigan “bir millat, bir davlat va ikki tizim” tamoyiliga asoslangan milliy birlashish sxemasidan keskin farq qiladi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.