Erdo‘g‘an qachon iste’foga chiqishini aytdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rajab Toyyib Erdoʻgʻan siyosatdan ketishini va isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Aslida Turkiya yetakchisi mamlakatda joriy yilning 31-mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov boʻlishini aytdi. Yaʻni Erdogʻan isteʻfoga kelajakda, yaʻni 4-yildan soʻng chiqishni rejalshtirmoqda.
8-mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan oʻtkazgan matbuot anjumanida u uzoq yillik hokimiyatdan soʻng, 2028-yilda yangi prezidentlik muddatiga daʻvogarlik qilmasligini maʻlum qildi.
Erdoʻgʻanning soʻzlariga koʻra, mamlakatda joriy yilning 31-mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlar u ishtirok etadigan oxirgi saylov boʻladi.
“Men uchun bu final. Qonun tomonidan menga berilgan mandatga koʻra, bu mening oxirgi saylovlarim boʻldi. Natijada mendan keyin keladigan ukalarimga ishlar oʻtkaziladi”, degan Erdoʻgʻan.
Qayd etish joizki, munitsipal saylovlar doirasida mamlakatdagi munitsipalitetlar rahbarlari uchun ovoz berish boʻlib oʻtadi. Ular hukmron partiya uchun juda muhim, chunki hozir eng yirik shaharlar – Istanbul va Anqarada muxolifat hokimiyat tepasida.
Maʻlumot uchun, 70 yoshli Erdoʻgʻan 2014-yildan buyon Turkiya Prezidenti, 2003-yildan buyon esa Turkiya Bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan. Oʻtgan may oyida u navbatdagi prezidentlik muddatiga saylangan edi.
