Kamala Xarris G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris 3-mart kuni Alabama shtati Selma shahrida «Qonli yakshanba:ning 59 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
«G‘azodagi azob-uqubatlarning ulkan ko‘lamini inobatga olgan holda, kamida keyingi olti hafta davomida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerak. Hozirda bu muhokama qilinmoqda», – dedi Xarris.
Vitse-prezident g‘azoliklar ochlik va g‘ayriinsoniy sharoitlarda yashayotganini ta’kidlab, Isroil hukumatini mintaqaga insonparvarlik yordami oqimini sezilarli darajada oshirishga chaqirdi.
What we are seeing every day in Gaza is devastating, and our common humanity compels us to act.
Given the immense scale of suffering in Gaza, there must be an immediate ceasefire for at least the next six weeks. pic.twitter.com/mst8N9HxKa
— Kamala Harris (@KamalaHarris) March 3, 2024
3-mart, yakshanba kuni Isroil harbiy kabineti a’zosi Benni Gansning idorasi siyosatchi Vashingtonga bosh vazir Benyamin Netanyahu bu safarga rozi bo‘lmaganiga qaramay, G‘azo sektoridagi vaziyatni Amerika rasmiylari bilan muhokama qilish uchun kelganini ma’lum qildi.
Gansning AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jyeyk Sallivan va Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgerk bilan uchrashuvi 4-martga rejalashtirilgandi.
5-mart, seshanba kuni Gans AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi. Shundan so‘ng u Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron va boshqa rasmiylar bilan muloqot qilish uchun Londonga boradi.
