Yangiliklar

Bellingcat: Navalniyning o‘limi bo‘yicha surishtiruv tez orada yakunlanadi

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning koloniyada o‘limi tafsilotlari bo‘yicha surishtiruv bir oy ichida yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda Bellingcat internet portali rahbari, bolgariyalik tadqiqotchi jurnalist Xristo Grozev «Dojd» telekanaliga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar boshqa ko‘plab surishtiruv faoliyatiga aloqador jurnalistlar Bellingcat bilan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi (FBK) direktorlar kengashi rahbari Mariya Pevchix muvofiqlashtiruvida ishlamoqda. «Biz haqiqatni aniq bilib olamiz va bu avvalgidek uzoq davom etmaydi», dedi Grozev.

U Rossiya maxsus xizmatlari surishtiruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yo‘q qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida surishtiruv guruhi hozir tekshirayotgan aniq versiyalarni aytmadi, biroq Navalniy yana zaharlangan bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi.

Grozev, shuningdek, Navalniy vafot etgan paytda Rossiya, AQSh va Germaniya o‘rtasida siyosatchini sobiq chechen dala qo‘mondoni Zelimxon Xanqoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan rossiyalik razvedka xodimi Vadim Krasikovga almashtirish bo‘yicha norasmiy muzokaralar olib borilganini tasdiqladi. Grozevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyati bu taklifdan xabardor bo‘lgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.