Yangiliklar

2024-yilda Oʻzbekistonga Qozogʻiston orqali 1 mln tonna Rossiya nefti yetkazilishi mumkin

Qozogʻiston magistral neft haydash boʻyicha milliy operatori “Qaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini Oʻzbekistonga tranzitini uch barobarga — 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshirmoqchi.

Bu haqda kompaniya transportirovka departamenti direktori Abay Beysembayevning soʻzlarini Interfax keltirmoqda.

Oʻzbekistonning “Sanoat Energetika Guruhi” (SANEG) kompaniyasi “Qaztransoyl”ga 2024-yilda 500 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish va kelgusida tranzitni 1 mln tonnaga yetkazish imkoniyati boʻyicha ariza bergan”, — degan Abay Beysembayev. Shu sababli Qozogʻiston hududi orqali Rossiya neftini tranzit qilish hajmi 2024-yilda 500 ming tonnagacha oshirilishi ketilmoqda.

2023-yilda “Qaztransoyl” AJ magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftining Oʻzbekistonga tranziti 154 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida “Qaztransoyl” AJ Oʻzbekistonga 104 ming tonna Rossiya neftini haydab bergan.

2023-yilning II choragida haydalgan Rossiyadan Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga neft hajmi 37,9 ming tonna boʻlgan, I chorakda esa 10,7 ming tonna. Bundan kelib chiqadiki, Rossiyadan Oʻzbekistonga Qozogʻiston magistral quvurlari orqali yetkazilayotgan neft hajmi tobora oʻsib bormoqda.

“Qaztransoyl” magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftini Oʻzbekistonga yetkazish 2017-yilda boshlangan. Oʻshanda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani tashkil etgan. 2018-yilda 36 ming tonna neft xarid qilingan. 2019–2022-yillarda Rossiya nefti Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga uzatilmagan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.