Yangiliklar

Mask 2024-yilgi saylovda Baydenga ovoz bermasligini aytdi

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida AQSHning amaldagi prezidenti Jo Baydenga ovoz bermasligini aytdi. Bu haqda u The New York Times gazetasi tomonidan tashkil etilgan va CNBC telekanali orqali efirga uzatilgan tadbirda ma’lum qildi.

Menimcha, Baydenga ovoz bermayman, — dedi tadbirkor.

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz degan savolga Mask bu “qiyin tanlov” deb javob berdi.

May oyida Mask har ikki siyosatchi ishtirok etgan 2020-yilgi prezidentlik saylovida Baydenga ovoz berganini aytgandi. O‘shanda biznesmen CNBC telekanaliga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar prezidenti sifatida “normal odam”ni ko‘rishni xohlashini aytgan.

“Hozir Baydendan norozimisiz?” — degan savolga Mask savol bilan javob berdi: “Biz hammamiz normal odam prezident bo‘lishini xohlaymiz, shunday emasmi? Prezident amalda mamlakatning ijrochi rahbari bo‘lgani sababli, biz uchun uning yaxshi ijrochi rahbar ekani muhim”.

“Bizga shunchaki yaxshi rahbar, Amerikaning bosh direktori kerak”, — deb tushuntirdi tadbirkor.

AQSHda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tramp ham, Bayden ham unda ishtirok etishini e’lon qilgan.

Tramp AQSHda to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. Avgust oyi boshida u jami 561 yilga qamalishi mumkinligini aytgandi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.