Yangiliklar

BMT bosh kotibi G‘azo sektorida tashkilotning 111 nafar xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri tashkilotining 111 nafar xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda BMT saytida ma’lum qilingan.

“Alam va qayg‘u bilan xabar beramanki, jangovar harakatlar boshlanganidan beri G‘azoda BMT oilamizning 111 a’zosi halok bo‘ldi. Bu tashkilotimiz tarixidagi eng katta yo‘qotish”, — dedi u  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.

“Tinch aholi, shu jumladan, BMT xodimlari ham himoya qilinishi kerak. Fuqarolik obyektlari himoya qilinishi kerak. BMT obyektlariga hujumlar amalga oshirilmasligi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.