Yangiliklar

“AQSH Sizning siyosiy va iqtisodiy islohotlaringizni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi” — Bayden Mirziyoyevni AQSHga taklif qildi

Forbes nashriga koʻra, 11-avgust kuni yuborilgan maktubda AQSH prezidenti Bayden Oʻzbekiston rahbarini Nyu-Yorkda BMT bosh assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo va AQSH davlat rahbarlarining (SA5+1) sammitiga taklif etgan.

“Oʻtgan bir yil davomida biz savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy muammolarni hal etishda hamkorlik qilish kabi hamkorlikni yangi bosqichlarga koʻtardik. AQSH Sizning siyosiy va iqtisodiy islohotlaringizni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi maktubda.

Shuningdek, maktubda Saida Mirziyoyevaning joriy yil boshida Oq uyga tashrifi ham tilga olingan hamda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangani, gender tengligi yoʻlida qilinayotgan ishlar eʼtirof etilgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.