Yangiliklar

O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

  • 1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
  • 2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan 1 018 007 nafar abituriyentlarning 948 486 nafari test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan. Avvalgi o‘quv yili bilan taqqoslansa, bu yil kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni salkam 200 ming nafarga kam bo‘ldi.

. Bugun, 28-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni “My.uzbmb.uz” saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

“Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan 1 018 007 nafar abituriyentlarning 948 486 nafari test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.