Yangiliklar

Feyk: Yulduz Usmonova shaxsiy samolyotga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi birinchi xonanda boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oʻziga shaxsiy samolyot olgani haqida xabarlar va xonanda oʻz jamoasi bilan samolyotga chiqayotgani aks etgan video tarqaldi. Repost.uz nashri ham bu haqida xabar tarqatdi va keyinroq xabarni o’chirib tashladi.

Maʼlum qilinishicha, videoda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan charter reyslari uchun sotib olingan UK24001 davlat raqamiga ega Pilatus PC-24 samolyoti boʻlgan. Samolyot sotib olinmagan, uni istagan inson qoʻngʻiroq qilib buyurtma berishi mumkin.

Xonandaning yaqini, shoira Lola Sobirova ham Facebook sahifasida xonanda toʻyga taklif etilgani va vaqt kamligi sabab toʻy egalari samolyot joʻnatgani haqida yozdi.

“Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga Bakudan qoʻngʻiroq qilishib, toʻyga taklif qilishdi. Vaqt juda kam qolganligi sababli, yetib bora olmasliklarini aytishdi. Shunda ular charter reysi bilan samolyot joʻnatishlarini, toʻyga kelishmasa boʻlmasligini taʼkidlab Yulduz Usmonova va uning jamoasiga samolyot joʻnatishdi. Koʻpchilikning, Yulduz Usmonova shaxsiy samolyot olibdi degan mish mishlariga aniqlik kiritdim. Bu masalada Yulduz Usmonovaning shaxsan oʻzlari bilan suhbatlashdim”, deya yozgan u.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.