Yangiliklar

Tinchliksevar mamlakatlar reytingi: O‘zbekiston 87-o‘rinda

Tinchliksevar mamlakatlar reytingi — Global Peace Index’ning 2022-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 163 davlat orasida 87-o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil bilan taqqoslaganda O‘zbekiston ushbu reytingda bir pog‘ona pastlagan. 2020-yilda 103-o‘rinda, 2019-yilda 102-o‘rinda, 2018-yilda 104-o‘rinda qayd etilgandi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 91, Tojikiston 92, Qozog‘iston 97, Turkmaniston 103-o‘rinda qayd etildi. Afg‘oniston 163 mamlakat orasida so‘nggi o‘rinni egalladi.

Eng quyi pog‘onalar —  tinchliksevarlik darajasi past bo‘lgan davlatlar qatoridan, shuningdek, Janubiy Sudan, Rossiya, Suriya, Yaman o‘rin oldi.

Reytingda birinchi o‘rinni Islandiya band etgan. Shuningdek, tinchliksevar davlatlar o‘ntaligidan Yangi Zelandiya, Irlandiya, Daniya, Avstriya, Portugaliya, Sloveniya, Chexiya, Singapur va Yaponiya joy olgan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.