Yangiliklar

Ilon Mask nega Twitter uchun juda ko‘p pul to‘laganini tushuntirdi

Amerikalik tadbirkor Tesla va Space X asoschisi Ilon Mask (Forbes uning boyligini 236,9 milliard dollarga baholaydi) Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuv qimmat bo‘lganini tan oldi. Biroq u ijtimoiy tarmoqning muxlisi bo‘lgani va “u negativ yo‘nalishda harakatlanayotgani” uchun bunga qo‘l urganini aytdi. Bu haqda u Parijdagi texnologik anjumanda ma’lum qildi, deb xabar beradi Business Insider.

“Agar men shunaqa aqlli bo‘lsam, nega Twitter uchun shuncha ko‘p pul to‘ladimi?” — dedi u.

Maskning aytishicha, u Twitter “sivilizatsiyaga va fuqarolik jamiyatiga halokatli ta’sir ko‘rsatayotganini” his qilgan.

“Sivilizatsiyaga putur etkazadigan har qanday narsa, mening fikrimcha, yaxshi emas”, — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.

“Ijtimoiy tarmoq mening nazoratim ostiga o‘tganidan beri u ‘tozalandi’, — deb ta’kidlaydi Mask. — Biz 90% botlardan, firibgarlardan va sodir bo‘layotgan turli yomon narsalardan xalos bo‘ldik. Biz Twitter’da bolalarni ekspluatatsiya qilish haqidagi 95% kontentdan xalos bo‘ldik”.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask  o‘tgan yilning kuzida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgan. Shundan so‘ng u ijtimoiy tarmoqda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan, foydalanuvchilarga ko‘proq funksiyalarni taqdim etadigan pulli obunani talab qiladigan Twitter Blue’ni yo‘lga qo‘ydi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.