Yangiliklar

Toshkent tumanidagi xonadonda mayning kripto-aktivlari qurilmalari o‘rnatilgani aniqlandi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo‘limlari tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Iqbol” MFYda yashovchi I.U. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 342 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

11-iyun kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlangandi. Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, elektr energiyasi bo‘yicha 77 million 30 ming 400 so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.