Yangiliklar

Qashqadaryoda elektriklar madaniy meros obyektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Yakkabog‘ tumanidagi “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tomonidan transformator o‘rnatish maqsadida kovlangan.

Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatida joylashgan madaniy meros obyektiga zarar yetkazilgani haqida xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumanida o‘tkazilgan tadbirda tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tomonidan madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasida bo‘lgan “Chillamazortepa” arxeologiya obyektiga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlangan. Mazkur arxeologiya obekti VI—XII asrlarga oid hisoblanadi.

Elektriklar tomonidan transformator punktini o‘rnatish maqsadida yodgorlikning 3,75 m3 hajmdagi qismi noqonuniy ravishda kovlanib, madaniy meros obektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani elektr ta’minoti mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.