Oʻzbek soʻmi hali almashadimi?
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan pul birligining denominatsiya qilinishi, yaʼni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025-yilgacha parallel ravishda muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi xabarlar borasida quyidagilarni maʼlum qiladi.
Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan koʻzda tutilmagan, yaʼni pullarning nollari qisqartirilmaydi. Sodda qilib aytganda hali pul almashmaydi.
