Yangiliklar

Rossiya sudi Navalniy ismini «taqiqlangan tashkilot ramzi» deb tan oldi

Rossiyaning Qozon shahri sudi «Free Navalny, free country, free people» (Navalniyga ozodlik, mamlakatga ozodlik, xalqqa ozodlik) deb yozilgan varaq bilan piket o‘tkazgan erkakni «taqiqlangan belgilarni namoyish qilgani» uchun jarimaga tortdi. Uning turmush o‘rtog‘i piketni suratga olgani uchun jazolandi.

Qayd qilinishicha, erkak 4 iyun kuni hibsga olingan. Sud uni «taqiqlangan tashkilot belgilarini namoyish qilgani» uchun 2 ming rubl (290 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortgan.

Shuningdek, er-xotin oldindan kelishilmagan aksiyani o‘tkazishda aybdor deb topilgan. Er 28 soatlik majburiy mehnatga, xotini esa 20 ming rubl (2,9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Aleksey Navalniy – rossiyalik siyosatchi, muxolifatchi, «Korrupsiyaga qarshi kurash fondi» asoschisi hozirda ko‘p yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Uning fondi Rossiya sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb topilgan, biroq ismi-sharifi bunday sanksiyaga duchor bo‘lmagan edi.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.