Yangiliklar

Toshkentdagi maktabda o‘quvchi o‘qituvchini kaltakladi

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi maktabda o‘qituvchi kaltaklangani haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

8-iyun kuni taxminan soat 15:30 da Uchtepa tumanidagi maktablardan birida shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi — 2008-yilda tug‘ilgan S.S. va o‘qituvchi — 1999-yilda tug‘ilgan S.B. o‘zaro gap talashib qolgan.

Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchiga bir marta shapaloq urgan, o‘quvchining akasi — 10-sinf o‘quvchisi 2006-yilda tug‘ilgan S.S. esa kelib, o‘qituvchi S.B.ni urgan.

Holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi qayd etildi.

Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham munosabat bildirib, ish vazir Hilola Umarovaning nazoratiga olinganini ma’lum qildi.

“Janjalda maktab mulkiga ham zarar yetkazilgan. Maktabda noxush holat yuz berganda, ota-onalar o‘qituvchi bilan emas, farzandi bilan tushuntirish ishlari olib borsa, farzandi kelajagi uchun foydaliroq bo‘lishini tushunib yetmas ekan, bunday ishlar davom etaveradi”, — deya qayd etildi xabarda.

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Har oy eng muhim faktcheklar va feyklar haqida bitta qisqa xat. Spam yo‘q — obunani istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Xat tili:

Mavzuga oid

Oylik dayjestga obuna bo‘ling

Oyning eng muhim tekshiruvlari — har oy pochtangizda.